Joriy yilning 5 sentyabr kuni Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatov o`zi bitirgan 22-sonli umumta`lim maktabida yangi o`quv yili boshlanishi bilan o`tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida vazir Sh.Shermatov va ushbu maktabning yana bir bitiruvchisi - Toshkent shahar hokimining birinchi o`rinbosari K.Aripov bilan maktabning holati bilan tanishdi. Shuningdek, bitiruvchilar 9-11 sinf o`quvchilari bilan mazmunli suhbat o`tkazishdi hamda ularni hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun maktabdagi vaqtlarini unumli o`tkazishga va yaxshi o`qishga undadilar.







