AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli zilzila bo`lib o`tdi

'Yaponiyada kuchli zilzila bo`lib o`tdi'ning rasmi

Yaponiyaning Xokkaydo orolida zilzila sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.

Er silkinishi 6.7 magnitudali ekanligi qayd etilgan.

Zilzila markazi Sapporo aholi punktidan 67 kilometr janubi-sharqda, 39 kilometrlik er tubida joylashgan. Ushbu hududda 6 millionga yaqin aholi yashaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, falokat oqibatida 2 kishi halok bo`lgan. Shuningdek,120 kishi jarohat olgan bo`lib, yana 32 nafar inson bedarak yo`qolgan. Zilziladan so`ng «Hokkaydo» elektr stansiyasida tashqi ta`minot o`chib qoldi. Buning oqibatida esa 1 milliondan ortiq inson elektr tokisiz qoldi.

    Boshqa yangiliklar