Yoshlarning bildirgan taklif va tashabbuslariga asosan, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi va O`zbekiston engil atletika federasiyasi bilan hamkorlikda Yoshlarning “Mustaqillik marafoni —2018” loyihasi ishlab chiqildi.2018 yilning 9 sentyabr kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi hamkorligida O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi bayrami munosabati bilan barcha hududlarning markaziy ko`chalarida 10 km masofadan iborat bo`lgan “Mustaqillik marafoni — 2018” bo`lib o`tdi. Unda o`quvchilar, talabalar, o`ta-onalar va yosh oilalar, faxriylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Marafon yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, o`zaro madaniy-sport aloqalarini yo`lga qo`yish hamda jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush tarziga kiritish, shuningdek, sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.Ushbu marafonga maxsus veb-sayti – www.marafon.yi.uz da ro`yxatdan o`tgan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan ko`ngilli yoshlar hamda faxriylar ishtirok etdi.
Marafon mahallalardagi yoshlar, ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 16-30 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar hamda faxriy ko`ngillilar o`rtasida engil atletika sport turi bo`yicha o`tkaziladigan yugurish qoidalariga muvofiq o`tkazildi.
Marafon 10 km. masofada o`tkazildi.
G`oliblar: Erkaklar
- Vladislav Mamedov №4228
- Mirsaid Buxarov №0419
- Xumoyun Maxmudov №0430
G`oliblar: Ayollar
- Marina Xmelevskaya №2726
- Nurxon muxiddinova №4936
- Kumilla Kuchkarova №2727






