AsosiyDunyo

Vladimir Putin Alisher Usmonovni tabrikladi

'Vladimir Putin Alisher Usmonovni tabrikladi'ning rasmi

Prezident Vladimir Putin tadbirkor va mesenat Alisher Usmonovni 65-yoshga to`lishi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi TASS.

“Yubilyar nomiga yo`llangan telegrammada, Usmonovning sport, fan va madaniyatni rivojlantirishda faol ishtiroki hamda ta`lim va ma`rifat sohasidagi tashabbuslarni qo`llab – quvvatlashga qo`shayotgan katta hissasi prezident tomonidan alohida qayd etilgan”, - dedi Dmitriy Peskov.

Eslatib o`tamiz, Alisher Usmonov Rossiyada tashkil etilgan “San`at, fan va sport” tashkilotining asoschisi. 2014 yilda Bloomberg agentligi Alisher Usmonovni Rossiyaning “Eng saxiy xayr-ehson qiluvchi fuqarosi” deb atagan edi.

    Boshqa yangiliklar