AsosiyDunyo

Moskvada avtomobil bir guruh yo`lovchilarni bosib ketdi

'Moskvada avtomobil bir guruh yo`lovchilarni bosib ketdi'ning rasmi

Moskva shahrining Novocherkassk bulvarida Volkswagen Polo avtomobilining haydovchisi bir guruh yo`lovchilarni bosib ketdi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Polisiyaning aniqlashicha, haydovchi bu jinoyatni qasddan sodir etgan. Hodisa oqibatida kamida 10 kishi jabrlangan. Yo`lovchilarni bosgan haydovchi qo`lga olindi, u Qirg`iziston respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, qirg`izistonlik erkaklar qahvaxonada o`tirganda, ularning orasida janjal ko`tarilgan. Shundan keyin ulardan biri xafa bo`lib ko`chaga chiqib ketgan, mashina ruliga o`tirib, qolganlarning qahvaxonadan chiqishini kutgan. Erkaklar tashqariga chiqqanda, haydovchi mashinani ularning ustiga haydagan.

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, hozirda ularning soniga aniqlik kiritilmoqda.

    Boshqa yangiliklar