1

Farg`onadagi FHDYo bo`limida erkak xotinini pichoqladi

Jinoyat 10.09.2018, 19:40
Farg`onadagi FHDYo bo`limida erkak xotinini pichoqladi

Farg`ona viloyatining Dang`ara tumanida qotillik sodir bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 2018 yil 5 sentyabr kuni soat 10:00larda Farg`ona viloyati, Dang`ara tumani, Doimobod qishlog`ida yashovchi I. (1992 yilda tug`ilgan erkak kishi) turmush o`rtog`i S. (1993 yilda tug`ilgan ayol kishi) bilan nikoh shartnomasini bekor qilish uchun tuman FHDYo bo`limi binosiga kelib, o`zaro kelishmovchilik natijasida yonida bo`lgan pichoq bilan turmush o`rtog`iga turli xil tan jarohatlari etkazib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan I.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1