Qutqaruvchilar yo`l chetidagi daraxtga borib urilgan avtomashina salonida qisilib qolgan erkakka yordam ko`rsatishdi.
"
9 sentyabr kuni soat 21:35 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Mirzo Ulug`bek tumani Buyuk Ipak yo`li ko`chasida Nexia rusumli avtoulovi boshqaruvini yo`qotib yo`l chetidagi daraxtga urilganligi to`g`risida xabar kelib tushgan", deyilgan FVV xabarida.
Ushbu xabarga asosan boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, Nexia rusumli avtoulov salonida qisilib qolgan fuqaro yo`lovchi R.M.ni zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib oldi va tibbiyot xodimlariga topshirdi.







