2018 yil 9 sentyabr kuni soat 9:00 larda Xorazm viloyati, Urganch shahar, Jayxun ko`chasi hududidan oqib o`tgan Shovot kanalidan Urganch tumani, Shohidonar mahallasida yashagan X. (1988 yilda tug`ilgan ayol kishi) va uning voyaga etmagan farzandi N. (2018 yilda tug`ilgan qiz bola)larning murdalari topilgan. Bu haqda O`zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergovga qadar tekshirish davomida aniqlanishicha, X. turmush o`rtog`i M. va qaynonasi Z. larning tikuvchilik qilish uchun sharoit yaratib berishmaganligidan va 01.09.2018 yilda turmush o`rtog`i uni ota-onasining uyiga olib bormaganligidan xafa bo`lib, hech kim bilan gaplashmasdan 08.09.2018 yilda soat 15:00 larda yashash uyidan voyaga etmagan farzandi N. ni olib chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






