AsosiyJamiyat

Yunusobod tuman hokimi pora olish vaqtida qo`lga olindi

'Yunusobod tuman hokimi pora olish vaqtida qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov qo'lga olindi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Manbaning ma`lum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, maxsus tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan o'tkazilgan. Yunusobod tumani hokimi ushbu pullar evaziga investorga yer maydoni taqdim etishni va`da qilgan.

Baxtiyor Abdusamatov 1976 yilda tug'ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan. 2017 yilning aprel oyida Yunusobod tumani hokimi etib tayinlangan.

Undan avval Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha davlat qo'mitasi raisi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o'rinbosari sifatida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar