AsosiyJamiyat

Bekobodda 237,7 mln so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilingan

'Bekobodda 237,7 mln so`mlik byudjet mablag`lari talon-toroj qilingan'ning rasmi

Departamentning Bekobod tuman bo`limi tomonidan 2017 yilning noyabr-dekabr oylarida tergovga qadar tekshiruv o`tkazilganda davlat pullarini o`zlashtirish holati aniqlangan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko`ra, tumandagi Qishloq va suv xo`jaligi, Statistika, Er resurslari va davlat kadastri bo`limlari rahbarlaridan iborat komissiya a`zolari 25 ta fermer xo`jaligiga noqonuniy ravishda jami 237,7 mln. so`mlik moliyaviy qo`llab-quvatlash mablag`larini byudjetdan ajratib, ushbu mablag`larni fermer xo`jaliklari hisob-raqamlariga o`tkazib, byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar