Bola sotmoqchi bo`lgan "oshiq-ma`shuq"lar ustidan hukm o`qildi

Jinoyat 13.09.2018, 15:34
Bola sotmoqchi bo`lgan "oshiq-ma`shuq"lar ustidan hukm o`qildi

Asli Samarqand viloyatining Narpay tumanilik R. F. ismli ayol oilasi buzilgach, ikki nafar bolasi bilan Uchquduq shahriga keladi.

Shaharda ijaraga uy olib, bozorda savdo-sotiq bilan shug`ullana boshlaydi. Ko`p o`tmay kichik o`g`lini begona bir ayolga vasiylikka berib, oilali, ikki nafar farzandning otasi bo`lgan I. A. bilan tanishadi. Kafe-barlarda sang`ib yurishlar, oxir-oqibat shar`iy nikoh va homiladorlik bilan yakun topadi.

4 aprel kuni ko`zi yorigan ona farzandidan “qutilish” va daromad olish ilinjiga tushadi. Tanishlariga o`z qarorini ma`lum qilib, ular orqali xaridor axtaradi.

Yaqin odamlari “xaridor” deb tanishtirgan ayol bilan 10 000 000 (o`n million) so`mga “baholangan” bola uchun hozircha 2 500 000 so`m olishni, qolgan mablag` hujjatlar to`liq rasmiylashtirilganidan so`ng berilishiga kelishiladi. Hammasi xamirdan qil sug`urgandek ketayotgan edi, go`yo.

"Xalq so`zi" nashrining yozishicha, tuman ichki ishlar xodimlarining tezkor harakatlari tufayli ushbu jinoyatga chek qo`yildi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Uchquduq tuman sudida R. F. va uning jinoiy sherigi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 135-moddasining 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo`llanilgan holda R. F.ning “ma`shug`”i I. A. 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo`lsa, “ona” nomiga dog` tushirgan ayolga 5 yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1