AsosiyJamiyat

“Tarbiya” jurnali nima maqsadda tashkil etilmoqda?

'“Tarbiya” jurnali nima maqsadda tashkil etilmoqda?'ning rasmi

Joriy yilning 15 sentyabr kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqida tuzilgan Maslahat kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda 26 kishidan iborat san`at, fan, madaniyat, ishlab chiqarish, sport sohalarida uzoq yillar faoliyat yuritgan tajribali faxriylar va mas`ul xodimlar ishtirok etdi.

Maslahat kengashi kun tartibida qator masalalar qo`yildi. DastlabKengashining 4 oylik ish rejasi muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Shundan so`ng,Maslahat Kengashi qoshida faoliyati yo`lga qo`yilayotgan “TARBIYa” jurnalini tashkil qilish masalasi ko`rib chiqildi. Jurnal mazmun-mohiyati Kengash a`zolari o`rtasida muhokama qilindi.

Maslahat kengashijamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy va ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko`p asrlik an`analariga hurmat ruhida tarbiyalashda Yoshlar ittifoqiga ko`maklashish maqsadida tashkil etilgan.Maslahat kengashitomonidan yoshlarni salbiy illatlardan himoya qilish maqsadida ular bilan “Kecha va bugun”, “Oltin olma — duo ol!”, “Yaxshi farzand ota-onasini to`rga chiqaradi...”, “Mahallangni faxri bo`l!” kabi turkum mavzularda mehnat faxriylari va yoshi ulug` nuroniylar bilan davra suhbatlari tashkil qilinadi. Yoshlar tarbiyasining bugungi dolzarb muammolari echimiga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishda mahallalardagi yoshi ulug` nuroniylar ko`magidan foydalanishning eng maqbul usullari yuzasidan yo`riqnoma ishlab chiqiladi.

Qolaversa, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni nosog`lom oilaviy muhit tufayli qayta adashib qolmasligini oldini olish maqsadida mahalliy Kengashlar qoshidagi Maslahat kengashi a`zolari profilaktik ro`yxatda turgan yoshlarga mas`ul etib biriktiriladi. Qolaversa, Maslahat Kengashi a`zolari yoshlarni kitobxonlikka qaytarishning an`anaviy va zamonaviy usullarini ham ishlab chiqishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar