AsosiyJinoyat

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi uchun o`qituvchi pora oldi

'Buxoroda haydovchilik guvohnomasi uchun o`qituvchi pora oldi'ning rasmi

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro J.A. ning arizasiga asosan tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O`zbekiston Mudofaasiga ko`maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o`qituvchisi F.N. fuqaro J.A.ni aldab, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga kiritish va imtihondan o`tkazib berish evaziga 500 ming olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Mudofaasiga ko`maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o`qituvchisi F.N.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar