AsosiyJinoyat

Uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi

'Uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Navoiy viloyati Xatirchi tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Zarafshon” MFY hududida o`z uyida qimorxona faoliyatini yo`lga qo`ygan fuqaroning jinoiy harakatlari fosh etildi, deb yozmoqda “Xalq so`zi”.

Mahallada istiqomat qiluvchi S.R. o`z uyida pul tikib karta o`ynashni tashkil etgan va qimorbozlar uchun barcha “shart-sharoit”larni yaratib bergan. Tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ushbu xonadonda uy egasi bilan birga yana olti kishi qimor o`yini ustida qo`lga olindi.

Tadbir davomida qimorbozlardan 3 million 230 ming so`m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasiga ko`ra jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar