Kechaerta tongdanO`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Jizzax viloyatida start olgan “Yoshlar haftaligi”ni hududda istiqomat qilayotgan yosh-u keksa munosib kutib oldi.
Haftalik an`anaga muvofiq, nafaqat Jizzax viloyatiningbalki, mamlakatning gullab yashnashiga o`zining munosib hissasini qo`shgan, og`ir va murakkab davrda xalq farovonligi yo`lida fidoyi xizmat qilgan inson, yozuvchi Sharof Rashidov xotirasini yod etib, poyigagulchambar qo`yish marosimi bilan boshlandi.
Shundan so`ng,fan, ta`lim, madaniyat sohasivakillari, tajribali psixologlar, sport ustalari hamda nufuzli Davlat mukofotlaridan tarkib topgan Respublika Ishchi guruhi a`zolari yo`nalishlarga bo`lingan holda Zomin tomon yo`l olishdi.
Zomin tumanida barcha yoshlar sport musobaqalari atrofida birlashdi.Sportning qator turlari bo`yicha musobaqalar tashkil etildi.
Zomin tumani va Jizzax shahrining markaziy ko`chalarida mahalla yoshlari ishtirokida 5 km masofada salkam 1000 nafar yoshlar ishtirokida marafon o`tkazildi.
Bolalar va o`smirlar sport maktablarida qo`l to`pi, voleybol, basketbol, futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, taekvondo, gimnastika, armrestling, tosh ko`tarish, kurash, boks, suzish sport turlari bo`yicha 2 425 nafar yoshlar ishtirokida musobaqalar tashkil etildi.
G`oliblar O`zbekiston yoshlar ittifoqi va homiylarning turli sovg`alari, diplomlari bilan taqdirlanishdi.
Barcha yo`nalishlar singari haftalikning ilk kunidanoq yoshlar bandligini ta`minlash maqsadida Jizzax shahrida “Yoshlar mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda 16 ta tashkilot o`zining78 ta bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok etdi. Mazkur yarmarka davomida 22 nafar yosh ishga joylashtirildi.
Eng muhimi, shulardan 3 nafari Yoshlar ittifoqi tomonidan kafilikka olingan yoshlar hisoblanadi.
“Psixolog maslahatxona” esa muammoli vaziyatga tushib qolgan, hayot tajribasi etarli bo`lmagan, turli sabablar bilan ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalarnining qo`rg`onini saqlab qolish hamda yoshlar jinoyatchiligi va huquqbuzarligini oldini olishga qaratilgan haftalikning eng muhimi loyihalaridan biridir.
Ushbu loyiha doirasida haftalikning 1-kuniyoq 20 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, 22 nafar nikoh qurish arafasidagi yoshlar bilan yakka tartibda ishlar amalga oshirildi.Natijada jami 4 ta oilaning ajrimi oldi olindi. Oila qurish arafasidagi yoshlarga qaynona-kelin munosabatlari, er-xotin munosayuatlarida o`zaro ishonch, farzand tarbiyasi va ajrimlarning oldini olish masalalarida maslahatlar berildi.
Shuningdek, joylardagi mutaxassislarga jinoyatchilikka qarshi kurashish, voyaga etmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida yangi metodlarni joriy etgan holdatrening tashkil etildi. Unga Zomin tumani va Jizzax shahrida ta`lim muassasasi direktor o`rinbosarlari, yoshlar etakchilari, psixologlar, mahalla maslahatchilari, profilaktika inspektorlari jalb etildi.
Qolaversa, psixologlar Jizzax shahrida joylashgan voyaga etmaganlarni vaqtincha saqlash va ijtimoiy xizmat ko`rsatish muassasasiga borishdi. Yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.Ayni damda ushbu muassasada saqlanib turilgan2 nafar voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda suhbat olib borilib, ularni sog`lom hayotga qaytarish uchun aniq natijalargaerishildi.
Haftalik davom etmoqda.