2018 yilning 27-28 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Oilani mustahkamlash va o`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda o`zini o`zi boshqarish organlarining roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tadi.
Unda Afg`oniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Korea, Misr, Pokiston, Ozarboyjon, Rossiya, Hindiston kabi o`ndan ortiq xorijiy davlat vakillari hamda MDH, ShHT a`zolari ishtirok etadi.
Konferensiya dasturida “Barkamol avlod tarbiyasida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va oilaning tutgan o`rni” va “Oila instituti va oila siyosati: muammolar, rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari” mavzularida yalpi yig`ilishlar, shuningdek, “Reproduktiv salomatlik va demografik rivojlanish masalalari, oilalar hayot darajasi va farovonligini oshirish”, “Yoshlarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi va zamonaviy oila modelini shakllantirish” mavzularida sho``ba yig`ilishlari o`tkazish rejalashtirilgan.
O`zA xabariga ko`ra, konferensiya poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo`lib o`tadi.






