AsosiyJamiyat

Toshkent davlat texnika universitetining Qo`qon filiali tashkil etildi

'Toshkent davlat texnika universitetining Qo`qon filiali tashkil etildi'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo`qon filialini tashkil etish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qarorga muvofiq, Qo`qon shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo`qon filiali tashkil etildi.

Shuningdek, qaror bilan 2018 – 2019 o`quv yilida Filialda bakalavr tayyorlash bo`yicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Filialga joriy o`quv yili uchun talabalar kontingenti Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida doimiy propiska qilingan, respublika oliy ta`lim muassasalariga qarorda belgilangan ta`lim yo`nalishlarining mos va turdosh ta`lim yo`nalishlariga hujjat topshirgan va test sinovlari natijalariga ko`ra o`qishga kira olmagan, biroq to`plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bo`lmagan abiturientlar hisobidan to`lov-kontrakt asosida shakllantiriladi.

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli ta`lim yo`nalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Filialga etkazib beradi.

Filial Qo`qon qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o`z faoliyatini boshlaydi. Kollej o`quvchilari esa o`qishni bitirgunlariga qadar o`quv jarayonini Filial binolarida davom ettiradi.

2018-2019 o`quv yili uchun Filialda bakalavrlar tayyorlash bo`yicha qabul kvotalari quyida keltirilgan:

JADVAL

photo5283050146675927402.jpg

    Boshqa yangiliklar