Erta tongda poytaxt ko`chalarida ommaviy ravishda badantarbiya mashg`ulotlari bilan shug`ullanayotganlarni ko`rib ajablanayotgandirsiz?
Poytaxtliklar o`z salomatliklari yo`lida jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishni kundalik odatga aylantirishmoqda. Ana shunday mashg`ulotlardan biri bugun, 25 sentyabr erta tongdan Salomatlik maktablari qoshidagi “E`zozli ayollar” guruhlari a`zolarining badantarbiya mashg`ulotlari bo`lib o`tdi.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, “Milliy bog`” maydonidagi mashg`ulotlarda 200 dan ortiq ayol ishtirok etishdi.
Soat 7:30 da «Xalqlar do`stligi» saroyi hududida o`tkazilgan mashg`ulotlarda esa 100 dan ziyod yosh faollik ko`rsatdilar.