25-26 sentyabr kunlari O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan tashkillashtirib, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlikda o`tkazilayotgan “Bolalar kitobi” Respublika festivalida “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ham faol qatnashmoqda.
Nashriyotning “Marketing va tarqatish” bo`limi tomonidan tashkillashtirilgan “O`zbekiston” NMIUning pavilonida nashriyot tomonidan chop etilgan bolalar adabiyotining eng sara namunalaridan tashqari, o`zbek va jahon adabiyotining o`smir va bolalarga mo`ljallangan eng sara badiiy, ma`naviy-ma`rifiy, ensiklopedik kitoblari taqdim etilib, ular chegirmali ravishda sotuvga qo`yilgan.
Marhamat, ushbu pavilondan mitti kitobsevarlar uchun “O`tkir zehnlilar kitobi”, Richard Baxning ma`rifiy-ma`naviy yo`nalishdagi “Oqcharloq Jonatan Livingston”, bolalarning sevimli shoiri Po`lat Mo`min “Topgan topaloq”, O`roq Saidning “Afandi bo`lmoqchiman”, Nurulloh Oston “Chuchmo`maga xat”, Ernest Seton-Tompsonning “Yovvoyi yo`rg`a”, G`afur G`ulomning o`sha mashhur “Shum bola”, Turob Niyozning “Yulduzning orzusi”, Yahyo Tog`aning “To`polonchi topag`on”, G`ayrat Majidning “Ayiqchaning tushi”, Kennet Grehemning “Tolzordan esgan shamol”, rusiyzabon kichik o`quvchilar uchun esa Raim Farxadining “Novaya skazka pro krasnuyu shapochku”, L.R. Xachaturovaning “Kosmicheskaya skazka ili Marsianskie xroniki”, Antuan de sent-Ekzyuperining “Malenkiy prins”, Alensandr Volkovning “Volshebnik Izumrundnogo goroda”, Robert Lyuis Stivensonning “Ostrov sokrovish”, “Geroi Ellad” kabi bir-biridan ajoyibu g`aroyib tarbiyaviy, ma`rifiy, badiiy jihatdan pishiq-puxta kitoblarni topishingiz mumkin.
O`zMAA “O`zbekiston” NMIU
Matubot xizmati