AsosiyJamiyat

Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan qisqa metrajli filmlar va videroliklar tanlovi g`oliblari aniqlandi

'Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan qisqa metrajli filmlar va videroliklar tanlovi g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning avgust oyida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, «O`zbekkino» milliy agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yoshlar media markazi hamkorligida «Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan qisqa metrajli filmlar va videroliklar tanlovi» e`lon qilingan edi.


Unda 30 yoshgacha bo`lgan 130 nafardan ortiq professional va havaskor yoshlar ijtimoiy rolik, qisqa metrajli film va adabiy-badiiy ssenariylar taqdim etdi. Qabul qilingan roliklarda ajdodlarga ehtirom, milliy qadriyatlar, «Zamonamiz qahramoni», «Bu – mening O`zbekistonim», «Yoshlar – kelajagimiz» g`oyalari aks etdi.

Talabgorlardan loyihalar 2018-yilning 5-25-avgust kunlari qabul qilindi. Hakamlar hay`ati a`zolarining xulosasiga ko`ra, 8 nafar professional va havaskor ijodkorlar g`olib deb topildi. Qisqa metrajli filmlar (professional) yo`nalishi bo`yicha 1-o`rinni Shokir Xoliqovning «Choy» filmi, 2- o`rinni Mars O`rinbosarovning «Saboq» filmi, 3-o`rinni Ravshan Nurmuhammedovning «Ustoz» filmi qo`lga kiritdi.

Ijtimoiy roliklar (professional) bo`yicha Ravshan Nurmuhammedovning «Yosh tadbirkor» roligi, Ijtimoiy roliklar (havaskor) bo`yicha Nurmuxammed Jumag`ulovning «Kelajak egasining iltimosi» roligi g`olib bo`ldi.

Ssenariylar (professional) yo`nalishida esa Muhammadxon Yusupovning «O`zbekoy» nomli ssenariysi 1-o`ringa, Otabek Yo`ldashevning «Kichkina» nomli ssenariysi 2-o`ringa, Azizbek Qurbonovning «Muallim» nomli ssenariysi 3-o`ringa munosib ko`rildi. Mazkur tanlov endi har yili o`tkazilib, yosh iste`dod sohiblari ijodini qo`llab-quvvatlash bilan birga ularning loyihalari asosida yaratilgan filmlarni mahalliy va nufuzli xalqaro kinofestivallarga tavsiya qilib boradi.

    Boshqa yangiliklar