AsosiyJamiyat

Shokir Xoliqovning «Choy» filmi 5 ta davlatdagi Xalqaro festivallarda namoyish etilmoqda...

'Shokir Xoliqovning «Choy» filmi 5 ta davlatdagi Xalqaro festivallarda namoyish etilmoqda...'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida "Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan qisqa metrajli filmlar va videroliklar tanlovi g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, «O`zbekkino» milliy agentligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yoshlar media markazi vakillari g`oliblarni taqdirlash uchun tashrif buyurishdi.


—Tanlov yoshlar ma`naviy tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan qisqa metrajli filmlar va ijtimoiy ahamiyatga ega roliklar ishlab chiqarish, milliy kinematografiyani jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayotidagi rolini oshirish, milliy kino san`ati qadriyatlarini asrash va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Dilnoza Kattaxanova.

G`oliblarni taqdirlash marosimida 1-o`rin sohibi Shokir Xoliqovning «Choy» nomli qisqa metrajli filmi namoyish etildi. Mazkur filmda milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan bo`lib, aravachadagi boboning chanqog`ini qondirish uchun uzoqda turgan choyga intilishi va endi unga etdim deganda suv izlayotgan bolakayga o`z choyini ilinib, uning chanqog`ini qondirganligidan mamnuniyati mohirona tasvirlangan. Film tomoshabinlar qalbidan joy olib, tahsinga sazovor bo`ldi.

— Filmning g`oyasi qishlog`imizdagi yolg`iz kampirning uyidagi deraza tokchasida turgan choynakka ko`zim tushganda uyg`ongan, – deydi tanlov g`olibi Shokir Xoliqov. — Rejissyorlik maktabida o`qib yurganimda ssenariy yozish mashqi vazifa qilib berilardi.O`sha mashqlardan birida shu ssenariyni yozib borgandim. Ustozimiz Yolqin To`ychiev uni o`qib ko`rib «nevara» personajini qo`shib bergan. So`ngra, bu ijodiy ishimni diplom ishi sifatida suratga olganman. Bu faoliyatim mahsuli 5 ta davlatda Xalqaro festivallarda qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritgan. Film hozirga qadar Qozog`iston va Tojikistonda namoyish etildi. Tojikistonda Xalqaro festivalda 8 ta davlatdan qatnashgan 16 ta qisqa metrajli filmlar o`rtasida Grand Priga sazovor bo`ldi. Endilikda Qirg`iziston, Hindiston, Rossiya davlatlarida ham «Choy» qisqa metrajli filmining namoyishi kutilmoqda. Bu orada O`zbekiston yoshlar ittifoqining rasmiy saytida tanlov haqidagi e`lonni o`qib qoldim va filmimni taqdim etdim. Bugungi muvaffaqiyat ko`tarinki ruh, ijodiy parvoz va ijodimga qo`shqanot bag`ishladi. Maqsadim o`zbek kinosini jahonga tanitish, dunyo bo`ylab o`zbek kinosi muxlislari davrasini kengaytirish. Kelgusida ishlarimda ham milliy qadriyatlarmiz tarannumiga alohida e`tibor qarataman.—Filmning g`oyasi qishlog`imizdagi yolg`iz kampirning uyidagi deraza tokchasida turgan choynakka ko`zim tushganda uyg`ongan, – deydi tanlov g`olibi Shokir Xoliqov. — Rejissyorlik maktabida o`qib yurganimda ssenariy yozish mashqi vazifa qilib berilardi.O`sha mashqlardan birida shu ssenariyni yozib borgandim. Ustozimiz Yolqin To`ychiev uni o`qib ko`rib «nevara» personajini qo`shib bergan. So`ngra, bu ijodiy ishimni diplom ishi sifatida suratga olganman. Bu faoliyatim mahsuli 5 ta davlatda Xalqaro festivallarda qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritgan. Film hozirga qadar Qozog`iston va Tojikistonda namoyish etildi. Tojikistonda Xalqaro festivalda 8 ta davlatdan qatnashgan 16 ta qisqa metrajli filmlar o`rtasida Grand Priga sazovor bo`ldi. Endilikda Qirg`iziston, Hindiston, Rossiya davlatlarida ham «Choy» qisqa metrajli filmining namoyishi kutilmoqda. Bu orada O`zbekiston yoshlar ittifoqining rasmiy saytida tanlov haqidagi e`lonni o`qib qoldim va filmimni taqdim etdim. Bugungi muvaffaqiyat ko`tarinki ruh, ijodiy parvoz va ijodimga qo`shqanot bag`ishladi. Maqsadim o`zbek kinosini jahonga tanitish, dunyo bo`ylab o`zbek kinosi muxlislari davrasini kengaytirish. Kelgusida ishlarimda ham milliy qadriyatlarmiz tarannumiga alohida e`tibor qarataman.

    Boshqa yangiliklar