Joriy yilning 25 sentyabr kuni O`zbekneftgaz AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Baxrom Ashrafxanov Mitsubishi Korporasiyasining bosh vise-prezidenti, kompaniyaning mintaqaviy ijrochi direktori o`rinbosari Kazuo Inada bilan uchrashdi.
Mitsubishi Korporasiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskuna va jihozlarning yuqori sifat va qulayligi O`zbekneftgaz AJ mutaxassislariga yaxshi ma`lum.
Uchrashuv davomida shular ta`kidlandiki, Mitsubishi Korporasiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kompressor uskunalar Sho`rtan GKMda 20 yilga yaqin muvaffaqiyat bilan foydalanib kelinmoqda. Kompaniya uskunalarining ishonchliligi va yuqori ishlash ko`rsatkichlarini inobatga olgan holda, GTL loyihasi doirasida kompressor uskunalarini etkazib berish masalasi o`rganib chiqildi.
O`zbekneftgaz AJ Yaponiyalik hamkorlarni Boston Consulting Group bilan birgalikda2030 yilgacha neft va gaz sanoatini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Mazkur konsepsiyaning ustuvor yo`nalishlaridan biri tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo`yicha investision loyihalarni amalga oshirishdir.
O`z navbatida, Yaponiyalik mehmon kompaniya O`zbekneftgaz AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini aytib o`tgan.
Kazuo Inada investision loyihalarni moliyalashtirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag`larini jalb qilish imkoniyatlari bilan ham tanishtirdi.
O`zbekneftgaz AJ matbuot xizmati xabariga ko`ra, uchrashuv yakunida tomonlar neft va gaz sohasidagi hamkorlikka oid aniq takliflarni ishlab chiqish bo`yicha birgalikdagi ishchi guruh tuzish to`g`risida kelishib oldilar.






