25 sentyabr kuni Turtko`l tumanida avtohalokat ro`y berdi. Soat 12-13:00 lar oralig`ida Toshkent katta ko`chasi A380 yo`lida «Cobalt» avtomobili yuk mashinasi bilan to`qnashgan.
FVV xabariga ko`ra, og`ir avtohalokat oqibatida «Sobalt»dagi 2 kishi hodisa yuz bergan joyda, 2 tasi shifoxonada vafot etgan.
Avtohalokat «Cobalt»ning tezlikni oshirishi oqibatida ro`y berganligi aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o`rganilayotir.