AsosiyJamiyat

Pensiya ta`minoti tizimi yanada takomillashtirildi

'Pensiya ta`minoti tizimi yanada takomillashtirildi'ning rasmi

Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq vaqtinchalik propiskaning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiskaning keyingi sanasi o`rtasida uzilish mavjud bo`lgan taqdirda Pensiya jamg`armasi bo`limi tomonidan nafaqani to`lash vaqtinchalik propiskaning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani to`lash nafaqa to`lash to`xtatilgan paytdan, biroq o`n ikki oydan ortiq bo`lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.

Shuningdek, endilikda Pensiya jamg`armasining hududiy bo`linmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun sudlarga da`volar tayyorlashda ko`maklashadilar.

Mehnat daftarchasidagi sud tartibida soxtalashtirilgan deb topilgan yozuvlar mehnat faoliyatining oxirgi o`n yillik davriga kiritilmaydi.

Pensioner xorijiy davlatda bo`lgan va sog`ligi tufayli O`zbekistonga kelish imkoniyatiga ega bo`lmagan holatlarda pensioner O`zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga pensiya to`lovini tiklash uchun murojaat etishi mumkin.

Endilikda, chet elda yollangan holda ishlovchi fuqaro Pensiya jamg`armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining to`rt yarim barobarimiqdorida sug`urta badallari to`lagan taqdirda uning chet eldi ishlagan vaqtiga ish staji hisoblanishi belgilandi. (ilgari ish staji hisoblanishi uchun har oyda eng kam oylik ish haqining bir barobaridan kam bo`lmagan miqdorda badal to`lashi lozim edi).

    Boshqa yangiliklar