AsosiyJamiyat

Islom Karimovning volidalari Sanobar-aya nevaralari bilan

'Islom Karimovning volidalari Sanobar-aya nevaralari bilan'ning rasmi

Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, o`z hayotlarini ularning tarbiyasiga bag`ishlaganlar.

Yurtimizning birinchi Prezidenti hamisha onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pishirishlari, xamir qorib, yoyishlari ko`zlari oldidan tez-tez o`tishini ko`p takrorlar edilar.

Islom Abdug`anievich bolalik chog`lari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoshlari holidan xabar olganlarida hamisha ularga hamrohlik qilishlarini aytib o`tganlar.

U kishi o`z onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bo`lganlarini so`zlab berardilar. O`g`illari Toshkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bo`layotgan hodisalardan hamisha qiziqib so`rar ekanlar.

    Boshqa yangiliklar