Moldaviya prezidenti Igor Dodon yo`l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar bermoqda Rossiya 24 nashri.
Dodonning korteji Strasheni-Kalarash yo`lida harakatlanayotganda, uning mashinasiga qarama-qarshi yo`nalishdan kelayotgan yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan. Voqea oqibatida 3 kishi engil va o`rta og`irlikdagi jarohat olgan. Dodonning o`ziga hech narsa qilmagan. Moldaviya rahbari ushbu YTHni shubhali deb hisoblamoqda. Mazkur voqea yuzasidan tergov surishtiruv ishlari boshlangan.






