Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1-oktyabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Siz doimo ardog`imizdasiz” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi, deb yozmoqda O`zA.
Poytaxtimizdagi “MultiMaFe” restoranida tashkil etilgan bayram dasturiga uzoq yillik tajribaga ega, barkamol avlod tarbiyasiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar taklif etildi.

– Bayram arafasida ustoz va murabbiylarimizni qutlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan ilk bor mana shundan katta tadbir tashkil etildi, – deydi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati koordinatori To`rabek To`raev. – Toshkent shahridagi 80 nafarga yaqin maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar va oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarini taklif etdik. Biz imkon darajasida uzoq yillar davomida ta`lim tizimida namunali faoliyat yuritgan o`qituvchilarni saralab bayram dasturiga jalb etishga harakat qildik.

Bayram dasturiga taklif etilgan ustoz va murabbiylar ko`p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar hokimligining esdalik sovg`alari va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.






