AQShda juda kam uchraydigan ikki boshli ilon topildi, deb xabar berdi lenta.ru. nashri.
Ilonni Virginiya shtatining Richmond shahrida yashovchi aholi vakillaridan biri o`z bog`idan topdi. U ilon tutuvchilarga xabar bergandan keyin ular ilonni tutib, shtatning yovvoyi hayvonlarni qutqarish markaziga olib kelishdi.
Olimlarning fikricha, ikki boshli ilonning yovvoyi tabiat qo`ynida yashab ketishi qiyin masala. Ular ilonning ahvolini kuzatishda davom etishmoqda. Agar mazkur ilon yashab ketsa, odamlar tomosha qilishi uchun maxsus terrariumga joylashtiriladi.






