Silvestr Stallonening muxlislari “Krid 2: Rokki Balboaning merosi” sport dramasini intiqlik bilan kutishmoqda, deb yozmoqda Segodnya nashri.
Kartinada bokschi Adonis Krid faoliyati davomida eng muhim jangga shaylanadi: bu safar u otasining ringdagi qotili Ivan Dragoning o`g`li Viktor Dragoga qarshi jang olib borishi lozim bo`ladi. O`tgan safargidek Adonisga Rokki Balboa rahnamolik qiladi.