AsosiyDunyo

Doktorlar besh soat davomida o`lim yoqasidagi bemor bolakayning yuragini massaj qilishdi

'Doktorlar besh soat davomida o`lim yoqasidagi bemor bolakayning yuragini massaj qilishdi 'ning rasmi

Xitoylik doktorlar va hamshiralar naq besh soat davomida rosa urinishib, yuragi to`xtab qolgan bolaning hayotini saqlab qolishdi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Voqea Szyansu provinsiyasining Chanchjou shahrida bo`lib o`tgan. Yurak etishmovchiligi bilan shifoxonaga keltirilgan bolakayning ahvoli yomonlashib, yuragi to`xtab qoladi. Shundan so`ng shifoxona ma`muriyati Shanxaydan yordam so`raydi. To yordam etib kelguncha esa doktor va hamshiralar besh soat davomida yurak-shpka reanimasiyasini amalga oshiradilar.

Hozirda bemor Syao Yuy Shanxaydagi Fudan universiteti qoshidagi bolalar shifoxonasida davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar