20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan shu kunlarda “Iks-odamlar” kinofranshizasining spin-offi bo`lmish “Iks-odamlar: Qora Qaqnus” kinopremerasi taqdim etiladi, deb xabar bermoqda Segodnya nashri.
Qora Qaqnus rolini bu safar “Taxt o`yinlari” seriali yulduzi Sofi Tyorner ijro etdi. Bu safar syujetga ko`ra, kinoijodkorlar Jin Greyning o`tmishi, bolaligiga ko`proq e`tibor berishgan.
Kartinada, shuningdek, Jennifer Lourens, Nikolas Xolt, Aleksandra Shipp, Kodi Smit-Makfi, Evan Piters, Jeyms MakEvoy, Maykl Fassbender, Jessika Chesteyn, Tay Sheridan, Deniel Kadmor, Skott Sheperdlar muhim rollarni ijro etishgan.






