Ispaniya OAV lari Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ronalduning klubni tark etishi sabablarini ma`lum qildi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri.
El Mundo Deportivo nashri yozishicha, portugaliyalik futbolchini rahbariyat tomonidan qilingan “adolatsizligi” dilini siyoh qilgan.
Birinchidan, Ronaldu Ispaniya g`aznachiligi tomonidan o`zini soliq to`lashdan bosh tortganlikda ayblaganlaridan g`azabga kelgan.
Ikkinchidan, besh karra “Oltin to`p” sohibi klub uning maoshini ko`tarishdan bosh tortganidan tang ahvolda qolgan, axir, shu orqali u soliq masalasini hal etishi mumkin edi. Binobarin, Krishning oylik maoshi “Barselona”ning Messisi, hatto Neymarnikidan ham kam bo`lgan. V
Uchinchidan, klubning atoqli futbolchilari qatorida Ronaldu yo`q edi.
Shu tarzda 33 yoshli Ronaldu “Real”dan “Yuventus”ga o`tib ketgan.