AsosiyJamiyat

TATU Maxsus fakultetida "Shahdam qadamlar" sport festivali bo`lib o`tdi

'TATU Maxsus fakultetida "Shahdam qadamlar" sport festivali bo`lib o`tdi'ning rasmi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetida poytaxtlik yoshlar o`rtasida “Shahdam qadamlar” shiori ostida harbiy sport festival-musobaqasi bo`lib o`tdi.

Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi, Mudofaaga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ittifoqining shahar kengashi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida o`tkazilgan ushbu musobaqadan ko`zlangan asosiy maqsad yosh avlod o`rtasida sportni kengroq targ`ib qilish va ularning intellektual salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.

Musobaqani Qurolli Kuchlari faxriysi Tal`at Murodov ochib berar ekan, yurtimizning yosh avloddan umidi katta ekani, ularning bilimi va kuchi, g`ayrati va jasorati ertangi qudratimiz va tinchligimizni ta`minlovchi asosiy kuch bo`lishini iftixor bilan ta`kidlab o`tdi.

Bahs qatnashchilari test savollarini echish, turnikda tortilish, estafeta yugurish, pnevmatik miltiqdan o`q otish, basketbol to`pini savatga uloqtirish, 11 metrdan darvozaga to`p kiritish, arqon tortish kabi shartlar bo`yicha bellashishdi. Ishtirokchilar mahoratini hakamlar bilan birgalikda tomoshabinlar ham bevosita kuzatib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko`ra, harbiy sport festival-musobaqasida jamoalar o`rtasida faxrli 1-o`rinni 5-sonli maktabning “Patriot” jamoasi egalladi hamda diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi. 2-o`rin 105-sonli maktabning “Qalqon” jamoasiga nasib etgan bo`lsa, 3-o`rinni 272-sonli maktabning “Shahriston” jamoasi qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar