AsosiyJamiyat

Tanzilla Narbaeva paxta dalalarida tashabbuskor terimchi ayollar bilan uchrashdi

'Tanzilla Narbaeva paxta dalalarida tashabbuskor terimchi ayollar bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar ko`mitasi raisi Tanzilla Narbaeva Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan terimchi ayollar bilan uchrashdi, deb xabar berdi qo`mita matbuot xizmati.

Ayni vaktda viloyatning 22 ta shahar va tumanlarining har birida 100 nafar ishsiz ayollardan iborat “Tashabbuskor xotin-qizlar otryadlari” tashkil etilgan bo`lib, buning natijasida 2200 nafar xotin-qizlarimiz mavsumiy ish bilan ta`minlanib, yaxshi daromad olish imkoniga ega bo`lmoqda.

Tanzilla Narbaeva paxta dalalarida bo`lib o`tgan ana shunday uchrashuvlar chog`ida ularning holidan xabar olib, samimiy muloqotda bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar