Olmaotadagi O`zbekiston Bosh konsulligi tomonidan ko`rilgan choralar natijasida Qozog`istonning Jambil viloyatidan O`zbekiston fuqarosi, qarindoshlari tomonidan 2009 yildan buyon qidirilayotgandi N.X.Soipov (1990 yil 3 sentyabrda tug`ilgan) topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, diplomatik vakolatxona so`roviga binoan Qozog`iston Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv tadbirlar N.Soipovning qaerda ekanligini aniqlash imkonini bergan. Unga zarur ruhiy-psixologik yordam ko`rsatilgan va O`zbekiston qaytib ketish uchun sertifikat topshirilgan.
TIV xabarida ma`lum qilinishicha, ayni paytda u Soipov qarindoshlari bilan birgalikda O`zbekistonga qaytib kelmoqda.






