1

Namanganda IIB xodimiga 10 ming dollar pora bermoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Jinoyat 04.10.2018, 15:42
Namanganda IIB xodimiga 10 ming dollar pora bermoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

2018 yil 1 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Namangan shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.G`.ning “Kobalt” rusumli avtomashinasida “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, A.G`. qo`lga olingan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko`ra, shu vaqtda, fuqaro xodimga mazkur holatni qonuniy chora ko`rmasdan hal etishni so`rab, unga 10 000 AQSh dollarini pora sifatida taklif etgan.

Mazkur holat yuzasidan xodim o`z rahbarlariga xabar bergan va shu yilning 2 oktyabr kuni ichki ishlar hamda prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbir davomida fuqaro A.G`. xodimga Namangan shahrining “Yangiqo`rg`on” ko`chasida 10 000 AQSh dollarini pora sifatida bermoqchi bo`lganida qo`lga olingan.

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1