AsosiyJamiyat

5-8 oktyabr kunlari respublika bo`ylab yosh oilalar o`rtasida ijtimoiy so`rovnoma o`tkaziladi

'5-8 oktyabr kunlari respublika bo`ylab yosh oilalar o`rtasida ijtimoiy so`rovnoma o`tkaziladi'ning rasmi

Oila — tinchlik va taraqqiyotning asosiy negizi. Uning farovonligi bevosita mamlakat kelajagi bilan bog`liq. Mamlakatimizda yosh oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hamon salbiy holatlar uchrab turibdi. Yagona echim esa muammolarning sabablarini o`rganish va echim topishning eng samarali usullarini qo`llashdir.

Shu maqsadda Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda 5-8 oktyabr kunlari respublika bo`ylab «Yosh oilalar turmushi davomida keng uchraydigan muammolar va ularni hal etish yo`llari» mavzusida sosiologik tadqiqot so`rovnomasini o`tkazadi.

So`rovnomada 30 yoshgacha bo`lgan oilali, oilasidan ajrashgan erkak va ayollar, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar vakillari, band bo`lgan va vaqtincha ishsiz yoshlar, mehnat migrantlari ishtirok etadi.

So`rovnoma natijasida yosh oilalar turmushi davomida ko`p uchraydigan muammolar ilmiy tadqiq etiladi va ularga echim topish bo`yicha tavsiyalar tayyorlanadi.

Aziz, tengdoshlar! Keling, muammolarimizni birlashib hal etamiz. So`rovnomada ishtirok eting. Sizning fikrlaringiz tengdoshlaringiz muammolarini ham hal etishi mumkin.

Yoshlar ittifoqining viloyat kengashlariga murojaat qiling!

    Boshqa yangiliklar