1

Odam savdosi bilan shug`ullangan 21 yoshli qizga jazo tayinlandi (video)

Jinoyat 05.10.2018, 09:36
Odam savdosi bilan shug`ullangan 21 yoshli qizga jazo tayinlandi (video)

Inson huquqini poymol qilib, erkini cheklashdek mudhish illat – odam savdosi zamirida chirkin boylik orttirishdek maqsad yashiringan. Har yili millionlab odamlar bu illat domiga ilinadi. Ammo odamfurushlarning aldov, zo`ravonlik yo`li bilan yoshlar va ayollarni o`z girdobiga tortayotgani, achinarli.

Tan olish kerakki, dunyo miqyosida tobora dolzarb muammoga aylanayotgan odam savdosi muammosidan mamlakatimiz ham xoli emas. Mazkur muammoning oldini olish, unga qarshi kurashish, odam savdosi jabrlanuvchilarini har tomonlama himoya qilish borasida bir qator amaliy sa`y-harakatlar qilinmoqda.

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Abdulla Avloniy mahallasida o`tkazilgan ochiq sud majlisi ayni yo`nalishda jinoyat sodir etgan fuqaroni to`g`ri yo`lga boshlash maqsadida tashkil etildi, deb yozmoqda O`zA.

K.I. o`zi tanish bo`lgan yoki endigina tanishgan xotin-qizlarning ishonchiga kirib olgach, katta pul berishni va`da qilib, ularni Qozog`iston Respublikasiga ishga yuborish bilan shug`ullanib yurgan. Uning bu ishlarida ijtimoiy tarmoqlar juda qo`l kelgan. O`zi topgan qizlarni “Aleksandra” ismi bilan reklama qilish bilan ham shug`ullangan.

“Qing`ir ish qirq yildan keyin ham bilinar”, deganlaridek, odamlarning ishonchini suiiste`mol qilib “jonli” tovarlarning ortidan mo`may daromad topishni odat qilib olgan qizning qilmishi oshkor bo`ldi.

Xotin-qizlarning ba`zilari hatto o`z xohishi bilan, mamlakat tashqarisida qanday ish qilishini bilib bunga rozi bo`lgan. Aqli, es-hushi joyida odam o`z tanasini sotish evaziga pul topishdan ko`ra, halol mehnat qilib rizq eyish va oila tebratish haqida o`ylaydi. Qars ikki qo`ldan chiqadi.

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi tomonidan endigina 21 yoshni qarshilagan K.I.ning oilaviy ahvoli, oldin sudlanmagani, o`z qilmishidan qattiq pushaymonligi hisobga olinib hukm chiqarildi.

Fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan aybdor, deb topilib, uch yil ishlagan daromadidan har oyda davlat hisobiga 20 foiz to`lov to`lashi lozimligi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1