AsosiyJamiyat

Ozarbayjon va O`zbekiston aloqalarini mustahkamlash uchun yana bir qadam

'Ozarbayjon va O`zbekiston aloqalarini mustahkamlash uchun yana bir qadam'ning rasmi

Kuni kecha poytaxtimizda Ozarbayjon elchixonasi hamda Gaydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi ko`magida akkreditasiyadan o`tkazilgan tashkilot —xalqaro o`quv markazi GRBS: registeredning rasman ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Diplomatik korpus vakillari, yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Ozarbayjon Respublikasining Yurtimizdagi elchisi janob Huseyn Guliev ochib berdi va GRBS: registered rahbari Bahrom Qurbonov so`zga chiqib o`quv-sinov markazining faoliyati haqida tashrif buyurganlarga ma`lumot berdi.

  • GRBS: registered bu — ilmiy-ma`rifiy markaz bo`lib, o`z faoliyatini 2005 yilda boshlagan va dunyoning ko`plab tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. O`quv markazi ko`plab sohalar bo`yicha kadrlar tayyorlaydi, jumladan, buxgalteriya, loyihalarni tashkillashtirish, mehnat muhofazasi, informasion texnologiyalar kabi yo`nalishlar bo`yicha. Turli sohalarda va xorijiy tillar bo`yicha 300 dan ortiq professional treninglar o`tkaziladi. So`nggi 8 yil davomida GRBS: registered Ozarbayjonning to`rtta shahrida IELTS test sinovlarini professional darajada tashkillashtirgan, — deydi Bahrom Qurbonov.
  • O`tgan yillar davomidaOliy o`quv dargohi — International Business Schoolning tashkil etilgani tashkilotning muvaffaqiyati hisoblanadi. Ushbu akkreditasiyadan o`tgan Xalqaro o`quv markazining Toshkentda ochilishi ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi, ijtimoiy-madaniy aloqalarni yanada rivojlanishiga va xalqaro toifadagi mutaxassilar yordamida xalqaro loyihalarning O`zbekistonga tezroq ildiz otishiga ko`mak beradi degan umiddamiz.

Tashkilotchilarning ta`kidlashicha, o`quv markazida o`qish uchun Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga maxsus bonuslar tashkil etiladi. Tadbirda ishtirok etganlar uchun o`quv markazi bo`ylab ekskursiya ham uyushtirildi.

Dilfuza Sobirova

Fotograf: Maksad Jangirov

    Boshqa yangiliklar