1

Toshkent viloyati hokimligi amaldori pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 05.10.2018, 14:54
Toshkent viloyati hokimligi amaldori pora bilan qo`lga tushdi

Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlovchi J.N. 5000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, shu yil 3 oktyabr kuni fuqaro A.S. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilib, unda o`zini Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari deb tanishtirgan shaxs unga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun Bo`stonliq tumanidagi turizm uchun ajratilgan zahira erlardan 3 gektar er maydoni olib berishga va`da qilib, evaziga oldindan 5000 dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganligini ma`lum qildi.

Shu kuni IIV tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlovchi J.N. Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanidagi Parkent ko`chasida ariza muallifidan 5000 dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1