AsosiyJamiyat

Samarqandda yangi musiqiy favvora barpo etildi

Samarqandda yangi musiqiy favvora ishga tushirildi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Dunyoning turli burchaklaridan Samarqandning go`zalligini tomosha qilish uchun keladigan sayyohlar endilikda ushbu go`zal va zamonaviy favvoradan ham bahramand bo`lishlari mumkin.

Obodonlashtirish departamentining favvora va artezian quduqlardan foydalanish bo`limi boshlig`i M. Mamatqulovning ma`lum qilishicha, ayni damda shaharda jami 38 ta favvora ishlab turibdi. Shahar markazida joylashgan favvoralarning birida qayta ta`mirlash ishlari olib borildi, gidrotexnik inshootlar o`zgartirildi va ta`mirlandi. Endilikda u nafaqat sayyohlarni balki shahar aholisini ham xushnud etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar