AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" Pyotr Karimovning da`vo arizasiga javob berdi

'"O`zbekiston havo yo`llari" Pyotr Karimovning da`vo arizasiga javob berdi  'ning rasmi

"O`zbekiston havo yo`llari" MAK tomonidan Pyotr Karimovga bo`shagandan so`ng unga hisob-kitob qilinishi va hujjatlarni olib ketishi haqida ogohlantirish xati yuborilgan. Bu haqda Sputnik nashriga aviakompaniyaning matbuot kotibi Zumrad Shadjalilova ma`lum qildi.

O`zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o`g`li Pyotr Karimov “O`zbekiston havo yo`llari”ga nisbatan da`vo arizasi bilan Moskvaning Tver sudiga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik.

Da`vo arizasi quyidagicha mazmunda topshirilgan: "to`lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo`yicha nizolar".

Sud yig`ilishi 24 oktyabrga tayinlangan.

Pyotr Karimov 2004 yildan 2017 yil aprel oyigacha “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning Moskva filiali kompaniyaning bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.

"Karimov Mehnat kodeksiga asosan o`z xohishiga ko`ra bo`shagan. Biz buyruqlarni ko`tardik va bu fakt tasdig`ini topdik", - dedi Shadjalilova.

Pyotr Karimov 1969 yilda tug`ilgan. OAV ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.

    Boshqa yangiliklar