1

Qumqo`rg`on tumani hokimining o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi

Jinoyat 11.10.2018, 22:17
Qumqo`rg`on tumani hokimining o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari pora bilan qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbada qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Qumqo`rg`on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari F.A. “Ayub Baraka servis” MChJ rahbari M.A.dan Qumqo`rg`on tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 ga. er maydonini noturarjoy sifatida berilishini va`da qilib, 5000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`z.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1