11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi S.A. boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktori yonilg`i bakiga gaz kondensatini quyayotgan vaqtida gaz kondensati va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada traktorning salon qismi yonib zarar ko`rgan va S.A. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.
Bu borada surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






