AsosiyJamiyat

16 oktyabr kuni yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin

'16 oktyabr kuni yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 oktyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin.

G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, kechqurun yomg`ir qorga aylanishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, kechqurun yomg`ir qorga aylanishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, kechqurun yomg`ir qorga aylanishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar