1

Hali bir oylik ham bo`lmagan chaqaloqni sotayotgan opa-singil qo`lga olindi

Jinoyat 17.10.2018, 12:21
Hali bir oylik ham bo`lmagan chaqaloqni sotayotgan opa-singil qo`lga olindi

Samarqand shahrida yangi tug`ilgan chaqaloqni sotayotgan opa-singil qo`lga tushdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"2018 yil 15 oktyabr kuni o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida Oqdaryo tumanida yashovchi S.N. (ismli ayol) singlisi M.N. bilan birga “Edinstvenny” kafesida S.N.ning hali bir oylik ham bo`lmagan o`g`lini 4 mln. so`mga sotayotgan vaqtlarida ushlanganlar", - deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1