AsosiyJinoyat

Firibgar Munisa Rizaeva konsertiga sotilgan 48 mln so`mlik chipta pullarini o`zlashtirib yuborgan

'Firibgar Munisa Rizaeva konsertiga sotilgan 48 mln  so`mlik chipta pullarini o`zlashtirib yuborgan'ning rasmi

19 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi D.S. Namangan viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda tanishi A.E (ismli ayol) uning ishonchiga kirib, shu yil 25 iyun kuni Namangan shahrida, 26 iyun kuni Farg`ona shahrida va 27 iyun kuni Andijon shahrida xonanda Munisa Rizaevaning “Yomg`ir” deb nomlangan konsert dasturini o`tkazib berib, har bir dastur uchun 6.000 AQSh dollari, jami 18.000 AQSh dollarini olib unga bermaganligi, shuningdek A.E. 25 iyun kuni Namangan shahrida konsert dasturini o`tkazib, 2.400 nafar fuqarolarga sotilgan jami 48.000.000 so`mlik chipta pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma`lum qilganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar