1

Samarqandda sumka o`g`rilari maktab o`quvchilari ekani aniqlandi

Jinoyat 21.10.2018, 15:37
Samarqandda sumka o`g`rilari maktab o`quvchilari ekani aniqlandi

2018 yil 12 iyunda Samarqand shahrida yashovchi B.T. shahar IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda, shu yilning 2 iyun kuni noma`lum shaxs "Qahramon" ko`chasida qarovsiz qoldirilgan "Neksiya" rusumli avtomashinasi saloni ichida 2.900 AQSh dollari, fuqarolik pasporti, plastik kartochkasi va avtomashina hujjatlari bo`lgan sumkasi o`g`irlab ketilgani haqida ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shaharida yashovchi 27-sonli o`rta maktabning 7-8-sinf o`quvchilari J.Z. va A.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1