Obid Asomov nega «Bolajon» telekanalidan norozi?

Madaniyat 27.10.2018, 17:51
Obid Asomov nega «Bolajon» telekanalidan norozi?

Bugun, 27 oktyabr kuni «O`zbek multfilmi: kecha va bugun» mavzusida Xalqaro animasiya kuniga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib bo`lib o`tdi. Bu haqda «O`zA» xabar bermoqda.

– O`n daqiqalik multfilmning tayyorlanishi uchun davlat byudjetidan 400 million so`m sarflanadi, mutaxassislar esa sakkiz oy mashaqqat chekadi, — deydi Multipikasion filmlar studiyasi DUK direktori Obid Asomov. — Biz katta mablag` evaziga ishlayotgan multfilmlar, menimcha, davlat kanalida namoyish etilishi kerak. Ammo... Hali-hanuz biz «Bolajon» telekanalidagi ko`rinmas devorlarini buzib o`tolmayapmiz. Xat bilan qilgan murojaatlarimiz zoe ketmoqda. Aksincha, ular internetdan o`g`irlik qilib, 2-3 soatli tayyor chet el multfilmlarini 5-6 kishi bilan ovozlashtirib, qo`pol aytganda, foyda ko`rmoqda. Ularni ham tushunaman, sababi biz tayyorlagan multfilmlardan moddiy naf yo`q.

«Birinchidan, vaqti kam: 10 daqiqa. Ikkinchidan, tayyorlab beryapmiz, ular bundan pul ishlash imkoniga ega emas. Mana muammo qaerda: qanchadan-qancha mablag` behuda havoga sovurilmoqda. Eng muhimi, qariyb yarim milliard pul sarflanayotgan animasion filmlar efirga uzatilishi kerak emasmi?»

«Iloji bo`lsa, haftaning biror kunida bu kungacha yaratilgan o`zbek multfilmlarining namoyishi uchun vaqt ajratsak. Bolalarimiz faqat xorij multfilmlarini tomosha qilaversa, tarbiyasiga salbiy ta`sir o`tkazishi bor gap. Yurtimizda ishlanib, jahon festivallarida yuqori o`rinlarni olib kelayotgan animasion filmlar bor, ularni ham telekanallarimizda ko`rsataylik. Bolalarimiz multfilmlarimizni bir marta ko`rishni xohlamas, ikki marta xarxasha qilar, ammo... baribir qiziqadi, bola ruhiyati shunaqa, tez-tez o`zgarib turadi. Farzandlarimizni o`zimizda ishlangan milliy multfilmlar tomoshasiga o`rgatish vaqti keldi. Biz ham bu orada yanada zamonaviy, kichkintoy tomoshabinlarimizning qalbini bir lahzada zabt etuvchi multfilmlar tayyorlashga qurbimiz etadi», – deya fikr bildirgan Multipikasion filmlar studiyasi DUK direktori Obid Asomov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1