AsosiySport

Bahodir Jalolov professional boksdagi uchinchi jangida ham nokaut evaziga g`alaba qozondi

'Bahodir Jalolov professional boksdagi uchinchi jangida ham nokaut evaziga g`alaba qozondi'ning rasmi

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bugun professional boksda o`zining navbatdagi jangini o`tkazdi. Mashhur “Madison Square Garden” arenasida o`tkazilgan bahsda hamyurtimizga amerikalik Tayrel Rayt raqiblik qildi.

Jang Bahodirning ustunligi ostida kechdi. Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to`rtinchi raunddan so`ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma`lum qildi. Shu tariqa, bokschimiz ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. Eslatib o`tamiz, Jalolov bungacha ham ikkita jang o`tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g`alaba qozongandi.

Ma`lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo`shib hisoblaganda 14ta jang o`tkazib, ularning 9 tasida g`alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag`lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo`ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar